Otaning davrida ham, O‘g‘ilning davrida ham, Muqaddas Ruhning davrida ham — barcha davrlarda hayot suvini beruvchi Zot faqat Xudodir.
Biroq, ba’zilar Imonlilar hayot suvini berishi mumkin deyishadi. Xudoning hayot suvini yetkazib beradigan imonlilar "hayot suvini o‘zim beryapman" deyishlari, go‘yo xatni yetkazuvchi pochtachi "buni men beryapman" deyishidek bema’nilikdir.
Boshqa birovning narsasini yetkazib berayotib, xuddi o‘zining narsasini berayotgandek o‘zini tutish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Agar Xudodan kelgan narsani o‘zimiz beryapmiz desak, bu o‘zimizga la’nat keltiradi.
Xudoning xalqi sifatida, bu davrda bizga hayot suvini beruvchi Xudo qanday qiyofada kelishini, nima uchun Muqaddas Kitobda Xudo Muqaddas Ruh va kelin deb ta’riflanganini va Ular qanday qilib hayot suvini berishlarini chuqur mulohaza yuritishimiz kerak.
Xudoning Jamoati hayot suvini beruvchi Ota Xudo Ahnsahnghongga va kelin bo‘lmish Ona Xudoga ishonadi. Muqaddas Ruh va kelin beradigan hayot suvi orqali abadiy hayot marhamatini olishingizni tilaymiz.
119 Bundang P.O.Box, Bundang-gu, Seongnam-si, Gyeonggi-do, Rep. of KOREA
Tel 031-738-5999 Fax 031-738-5998
Head Office: 50, Sunae-ro, Bundang-gu, Seongnam-si, Gyeonggi-do, Rep. of Korea
Main Church: 35, Pangyoyeok-ro, Bundang-gu, Seongnam-si, Gyeonggi-do, Rep. of Korea
ⓒ World Mission Society Church of God. All rights reserved. Privacy Policy